O`zbekistonning ayrim shaharlaridagi havo haroratida rekord ko`rsatkich qayd etildi

11:43, 27 iyul

O`zbekistonning ikkita shahrida issiq harorat 54 va 33 yil avvalgi tarixiy rekordni ortda qoldirdi, deya xabar beradi O`zgidromet.

Sinoptiklarning ma`lumotlariga ko`ra, 25 iyul kuni Samarqandda 1962 yildan beri bo`lmagan rekord harorat qayd etildi. O`sha yili maksimal havo harorati plyus 37,9 darajani tashkil qilgan bo`lsa, yangilangan ko`rsatkich 39,4 daraja bo`ldi, deb yozadi Podrobno nashri.

Termizda kunduzgi harorat 25 iyul kuni 44,1 darajaga ko`tarildi, bu esa 1983 yilda qayd etilgan rekord 43,3 darajadan yuqori.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!