Xitoylik er-xotin oradan 80 yil o`tgach, ilk marotaba to`y fotosessiyasi uchun suratga tushdi

12:04, 27 iyul

Xitoylik er-xotin Sun Sinlin va Sun Lishilar turmush qurganlariga 80 yil to`lgandan keyin ilk marotaba to`y fotosessiyasi uchun suratga tushdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

102 yoshli erkak va 99 yoshli ayol Xitoyning Anxoy viloyatida istiqomat qiladi. Er-xotinning 6 farzandi, 5 nabirasi va 4 chevarasi bor. Ularning aytishicha, to`ylari 1936 yilda bo`lgan, “to`y”da dasturxonga bor-yo`g`i uch likopcha ovqat tortilgan.

Shuning uchun ular 23 iyul kuni nikohlarining 80 yilligini nishonlab, suratga tushishdi, qariyalarga o`nlab ko`ngillilar yordam bergan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularni tabriklab, sog`lik va uzoq-umr tilashdi. “Ular haqiqatan ham eng baxtli odamlar, chunki shuncha paytdan beri birga yashab kelmoqdalar”, deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!