“Islom davlati” Turkiya va Suriya chegarasida terakt amalga oshirdi. 50 kishi halok bo`ldi

15:59, 27 iyul 2016

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Al-Kamishli shahrida avtomobil portlatilishi oqibatida 50 kishi halok bo`ldi, yana 100 dan ortiq odam yaralandi. 

Terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” guruhi o`z bo`yniga oldi. TASSning “Al-Jazira” telekanaliga asoslanib xabar berishicha, mashina Al-Qamishlining g`arbiy qismida ertalab portlatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!