Rossiyada rulda Pokemon ovlash qonun bilan taqiqlanadi

16:44, 27 iyul

Rossiyada rulda Pokemon Go o`ynagan qoidabuzarlarga 1500 rubl jarima solinadi.

Davlat avtomobil inspeksiyasi yo`lda harakatlanish paytida haydovchining mobil qurilmaga chalg`ishi yo`lovchilar, boshqa harakatlanuvchilar va uning o`ziga xavf tug`dirishini eslatadi.

Inspeksiya ko`rilgan chora-tadbirlar yuzasidan jamoatchilikka murojaatida harakat chog`ida o`yin o`ynayotgan yoki SMS yozayotgan haydovchini ko`rib qolganlardan uni ogohlantirishga, bu natija bermagach, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga chaqiradi.

Vladivostokda mijoz olgan taksi haydovchisi harakatlanish paytida Pokemon Go o`ynab yo`ldagilarga xavf tug`dirgani rossiyaliklar diqqat markazidan joy oldi. Huquqni muhofaza qilish organlari bu holat bilan shug`ullanmoqda, deb yozadi Uz24.uz nashri Carzone nashriga asoslangan holda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!