Avstraliyalik erkak lotereyaga tropik orolni yutib oldi

16:48, 27 iyul

Avtraliyalik erkak 49 Avstraliya dollariga sotib olgan lotereyasiga Kusaie nomli tropik orolni yutib oldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
  
Avstraliyalik Dag (Doug) va Salli Beys (Sally Beitz)lar Mikroneziyada joylashgan Kusae tropik orolini sotishning g`alati usulini o`ylab topishdi. Ular orolni auksionga qo`yish o`rniga, lotereya o`yinini tashkil etishdi. Unda qatnashish uchun hech bo`lmaganda 49 dollarga bitta lotereya sotib olish kerak bo`lgan.

G`olib 26 iyul kuni aniq bo`lgan. Hozircha OAVga uning ismi Joshua ekanligi ma`lum. U orolni unda mavjud bo`lgan kurort bilan birga yutib olgan.

Kusaie orolining aholisi 6500 kishini tashkil etadi, orolda dam olish maskani ham mavjud. Bu erdagi uncha katta bo`lmagan 16 xonali mehmonxona, beshta avtomobil, yuk tashish mashinasi va furgon ham g`olibning ixtiyoriga o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!