“Ryaniar” aviakompaniyasi o`z samolyotini Krishtianu Ronaldu sharafiga nomladi

09:58, 28 iyul

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir ajoyib sovg`a qabul qilib oldi. Bir necha kun avval futbolchi tug`ilib-o`sgan Madeyra rasmiylari 31 yoshli soprtchining sharafiga aeroportga “Krishtianu Ronaldu Madeyra aeroporti” nomini bergani haqida ma`lum qilgandik.

Goal.com nashrining xabar qilishicha, Irlandiyaning Ryaniar aviakompaniyasi futbolchining nomiga aeroport nomlanishini o`zgacha tabrikladi. Kompaniya samolyotlaridan birini Ronalduning ismi bilan uyg`unlashtirib, Ryanaldo nomini hosil qildi.

Ma`lumot uchun, Evro–2016 turnirida jarohat olgan Krishtianu 9 avgust kuni bo`lib o`tadigan UEFA Surekbogida ishtirok eta olmaydi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!