Peterburglik erkak samokatda olti kunda Moskvaning qizil maydoniga etib keldi

10:03, 28 iyul

Sankt-Peterburglik Aleksandr Rendakov samokatda olti kun yo`l bosib, Moskvaning Qizil maydoniga etib keldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

Aleksandr Rendakovning aytishicha,  bir hafta yo`l bosishni rejalashtirgan. U kuniga 120 kilometr yo`l bosgan. Oziq-ovqatni do`kondan sotib olgan, bundan tashqari mahalliy aholi ham meva-sabzavotlar hadya qilgan. Rendakov o`zi bilan asosiy narsalarni: yig`ma chodir, uxlash uchun mo`ljallangan qop, issiq kiyim, aptechka, umumiy hisobda 10 kilogramm yuk olgan. U ortga poezdda qaytishga qaror qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!