Shahzoda 37 yoshda. U bugun nimalarni his etishni istaydi?

10:15, 28 iyul

Bugun, 28 iyul kuni xonanda Shaxzoda o`zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Ushbu quvonchli kunda xonanda o`zining “Instagram”dagi sahifasiga nimalarni his etayotganini va nimalarni his etishni istashini yozib qoldirdi.

“28 iyul, men 37 yoshni qarshi oldim. Bu yosh hamma narsani o`zgacha qabul qilishni boshlaydigan, joy-joyiga qo`yadigan va barchasi o`zgacha qadrlaydigan davr bo`lar ekan. Juda ko`p narsaga erishildi, ammo hali shunchalik ko`p narsa istaysanki. Ko`rishni, anglashni, amalga oshirishni! Oilang bilan vaqt o`tkazishni, o`g`ilchangni kir yuzchasini yuvishni, ertak aytib berishni va umuman o`g`illaringni hayotida ko`proq ishtirok etishni. Go`zal bo`lishni... O`zing uchun, uning uchun va hamma uchun. His etishni istaysan: vaqtni, tezlikni, quvonchni, og`riqni, g`alabani, shunchaki yorqin va mazmunli hayotni! Hali hammasi oldinda! Sizlarni yaxshi ko`raman!” 

Bugungi kunni Shahzoda ana shunday ko`tarinki ruhda boshladi.

Darvoqe, bugungi ayyom bilan xonandani to`ng`ich farzandi ham tabrikladi.

“Hammasi uchun minatdorman, tavallud ayyomingiz bilan qutlayman, sizga doim havotir olib kelsamda, sizning tabassumingiz meni yashashga undaydi, doim ko`nglimni ilitadi, yodingizda tuting, siz jannatlardan ham ko`piga loyiqsiz. Yaxshi ko`raman!”

“Darakchi” tahririyati nomidan xonandani bugungi ayyom bilan muborakbod etib qolamiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!