Turkiyada uchta axborot agentligi, o`nlab telekanal va gazetalar yopildi

11:06, 28 iyul

Turkiyada davlat to`ntarilishini amalga oshirishga urunishdan so`ng mamlakat hukumati tomonidan uchta yangilik agentligi, 16 telekanal, 23 radiostansiya va 45 ta gazeta yopib qo`yildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

RIA Novostining xabar berishicha, shuningdek 15 jurnal va 29 nashriyotning ham faoliyati to`xtatildi. Ushbu qaror 20 iyul kuni mamlakatda favqulodda holat tartibini joriy etish doirasida qabul qilindi. Ushbu tartib uch oy davom etadi.

Avval xabar berilganidek, mamlakatda bir yo`la 47 nafar jurnalist hibsga olindi.

Turkiyada davlat to`ntarilishiga urunish 16 iyulga o`tar kechasi sodir bo`ldi. Hukumat tartibsizlikni chetlatishga muvaffaq bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!