Venesiyaga haqiqiy kit suzib keldi

12:32, 28 iyul

Venesiyaga suzib kelgan kit dumi bilan o`ynab, bir necha qayiqni ag`dargan, qayiqchilardan biri esa cho`kib ketgan, deb xabar berdi “Interesno.cc” nashri.

Global isish kitnin ham yo`ldan adashtirib, Shimoliy Atlantikaga suzib borishning o`rtiga Gibraltar orqali O`rtaer dengiziga kelib qolgan. Bu voqea Venesiya tarixidagi ikkinchi hodisadir. 

Kit ilk marotaba Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham Venesiyaga suzib kelgan. Ocharchilik payti bo`lganligi bois mahalliy aholi kitni o`ldirib, pishirib egan. Hozirgi to`kinchilik zamonida hech kim kitni o`ldirib emaydi, ammo u bir qancha muammolar tug`dirgan. Dumini o`ynatgani oqibatida qayiqlar suvga g`arq bo`lgan.   

Kitni qutqarib, katta dengizga chiqarish qurbonsiz amalga oshmadi, qayiqchilardan biri — polshalik tadbirkor, 56 yoshli Yojef Galchik suvga cho`kib, halok bo`ldi.

Venesiya aholisi tez-tez dengiz jonivorlari bilan uchrashishga majbur bo`ladi. Ammo ularning hammasi ham xushkayfiyat bag`ishlamaydi. O`tgan yili suzib kelgan tajovuzkor delfinlar  oqibatida Santa-Mariya-della-Salyute cherkovi joylashgan tumanga kelib qolgan delfinlarning hujumi tufayli qirg`oq qutqaruv xizmati xodimlari suvga ag`darilgan qayiqlarning besh qayiqchisini qutqargan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!