Ronaldu manmanlik va kibrlikda ayblandi (Video)

13:16, 28 iyul

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu muxlislaridan biriga hurmatsizlik qilib, uni turtib yubordi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu video keng muhokamaga sabab bo`ldi. Futbolchining muxlislaridan biri u bilan selfi tushish uchun yaqinlashganida, Ronaldu muxlisini turtib yubordi. Videoni ko`rgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 31 yoshli hujumchini manmanlik va kibrlikda ayblandi.

Ba`zilar esa u kayfiyatda bo`lmagani va doim ham muxlislarga ijobiy javob berishga imkoni yo`qligini ta`kidladi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!