O`zbekistonning istalgan nuqtasidan turib bolani bog`chaga joylashtirish mumkin

16:42, 28 iyul

Endi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish bo`yicha arizalarni qabul qilish” xizmati respublikaning istalgan nuqtasidan turib amalga oshirilishi mumkin.

Avval Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilgan ushbu xizmat faqatgina Toshkent shahri aholisi uchun taqdim etilar edi. 

Ushbu xizmatdan Yagona portaldan ro`yxatdan o`tgan va ERI (elektron raqamli imzo)ga ega bo`lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun elektron shakldagi arizani to`ldirish va zaruriy hujjatlar (Xizmat pasportining “Hujjatlar” bo`limida ko`rsatilgan) to`plamini taqdim etish kifoya.

Yo`llanma olish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 10 kun muddat ichida ko`rib chiqiladi va qabul qilingan qaror haqida 3 kun muddat ichida arizachiga xabar beriladi. Xizmat ko`rsatish narxi – bepul

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!