«O`zbekturizm» vaqtincha Turkiyaga bormaslikni tavsiya etdi

17:14, 28 iyul

«O`zbekturizm» fuqarolarni Turkiyaning ayrim qismlarida keskinlikning yuqori darajasi saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi.

«O`zbekturizm» Milliy kompaniyasi Turkiyaga otlanayotgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqib, sayyohlik operatorlariga mazkur mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olishni so`radi, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri.

“2016 yilning 27 iyul holatiga ko`ra, Turkiya Respublikasining ayrim qismlarida keskinlikning yuqori darajasi saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda Turkiyaga sayohat qilish xavfsiz emas, — deyiladi “O`zbekturizm” xabarida. — Shu munosabat bilan mazkur mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgunga qadar Turkiyaga safar qilish tavsiya etilmaydi».

Ayni paytda Turkiya hududida bo`lgan O`zbekiston fuqarolariga zaruriy ehtiyotkorlik choralariga rioya etish tavsiya qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!