Buyuk Britaniyadagi oilalardan birida 19-farzand dunyoga keldi

18:10, 28 iyul

Buyuk Britaniyaning Morkom shahridagi oilalardan birida 19-farzand dunyoga keldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bu oila mamlakatdagi eng serfarzand oila hisoblanib, 41 yoshli Syu va 46 yoshli Noel Redfordlarning to`ng`ich farzandlari 27 yoshga kirgan. Yangi tug`ilgan chaqaloq qiz bola bo`lib, Syuning aytishicha, u kenja farzand bo`lib qolmaydi, “Hech qachon, hech qachon, dema” deydi baxtli ona. Ayol 2014 yilda 19-farzandidan homiladorlikning 23-haftasida ayrilgan edi. 

Syu ilk marotaba 14 yoshida homilador bo`lgan. O`shanda yoshlar bolani topshirishga majbur bo`lishgan, chunki ularning o`zi farzandlikka olingan edilar.  Oila Noel Redford boshqaradigan novvoyxona hisobidan kun kechiradi. Ular haftasiga boqqollik mahsulotlari uchun 300 funt sterling (400 dollarga yaqin) xarajat qiladi.

Serfarzand ota-ona yiliga farzandlari uchun 43 ming dollar pul sarflaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!