29 iyul kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi

18:28, 28 iyul

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 iyul kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 20-22, kunduzi 32-34 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25,  kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.     

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!