Toshkentda sodir bo`lgan dahshatli YTH bir necha insonning hayotiga zomin bo`ldi (Foto)

10:55, 29 iyul

Kecha Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Shota Rustaveli va Bobur ko`chalari kesishmalarida oqibati ayanchli yakun topgan yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi.

Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari ma`lumotlariga ko`ra, YTH “Spark” avtomobili svetoforning qizil chirog`ida katta tezlikda o`tib ketgani oqibatida sodir bo`lgan. Ushbu qoidabuzarlik “Spark”ni “Kobalt” bilan qattiq to`qnashuviga sabab bo`lgan. Suratlarda hodisa oqibatida “Spark” ag`darilib ketganini ko`rish mumkin. 

Mazkur hodisa bir necha kishining hayotiga zomin bo`ldi.

Shu o`rinda yo`l harakati ishtirokchilariga ehtiyotkor bo`lishni, yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni, aks holda qandaydir soniyalar inson uchun qimmatli hayotning mana shunday ayanchli tarzda yakunlanishiga olib kelishini eslatib qo`yishni joiz deb topdik!


Yo`lingiz behatar bo`lsin!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!