Xitoyda o`rdaklar ortilgan mashina avtohalokatga uchradi (Foto)

11:52, 29 iyul

Xitoyning sharqida joylashgan, serqatnov  Szaochjuan avtoyo`lida fermaga 10 mingta o`rdakni olib ketayotgan avtomashina yo`l-transport hodisasiga uchrab, oqibatda o`rdaklar ozodlikka chiqib ketdi, deb xabar qildi “Tjournal.ru” nashri. 

Halokat sodir bo`lgan joyga etib kelgan maxsus xizmat xodimlari avtomashinalarning harakatiga xalaqit qilayotgan o`rdakchalarni yo`ldan haydashga majbur bo`lishdi. Shundan keyingina jabrlangan avtomashina haydovchisiga yordam berish imkoni tug`ildi.

Bir soat davom etgan qutqaruv tadbiridan keyin uch yo`lovchi ag`darilgan avtomashinadan qutqarildi, hech kim og`ir tan jarohati olmagan. Guvohlar olgan suratlarga qaraganda, o`rdakchalar odamlarga yaqin bo`lishga harakat qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!