Dildora Niyozova qizlardek kiyinadigan katta yoshli sana`tkorlarni tanqid qildi

11:56, 29 iyul

Dildora Niyozova boshqa sana`tkrlarga nisbatan janjal va shov-shuvlardan yiroqda yuradigan xonanda. Shuningdek, kiyim tanlash bobida ham soddalika ahamiyat beradi. “Diydor aziz” nashri muxbiri Dildora Niyozovadan xonandalarning yosh  va “trend”da ko`rinishi bo`yicha savol berganda u shunday javob qildi.

“Bilasizmi, ayol zoti hech qarigisi kelmaydi. Har doim ham chiroyli kiyingisi, yosh ko`ringisi keladi. Bu degani qizlardek kiyinish kerak demoqchimasman. Yoshi ktta bo`lsada o`zini qizlardek olib yuradigan sana`tkorlarimiz bor. Ammo, men buni o`zimga ep ko`rmayman. Sana`tkor va umuman ayol yoshiga mos va chegaradan chiqmagan holatda kiyinishi kerak. Aks xolda muxlislar oldida hurmati to`kilishi mumkin.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!