IUT O`zbekistonda ilk bor kirish imtihonlarini online tarzda namoyish etmoqda

12:00, 29 iyul

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) O`zbekistonda birinchi marotaba 2016 yilning 29 iyul kuni bo`lib o`tadigan imtihonlarni kuzatishni istaganlar uchun imkoniyat yaratib, kirish imtihoni jarayonlarini real vaqt rejimi(online)da namoyish etmoqda.

Ma`lumki, IUT kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va ochiqligiga ishonch hosil qilishlari uchun, mazkur jarayonlarni kuzatish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini ham taklif qildi.

Shuningdek, IUT 29 iyul, ya`ni imtihon kuni butun jamoatchilik uchun kirish imtihonlarining video strimingni tashkil qilmoqda. Bunda barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz. havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Kirish imtihonlari o`tadigan zalda veb-kameralar o`rnatilgan bo`lib, ular yordamida kirish imtihoni jarayonlarini online kuzatish mumkin.

Mazkur sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimning yuklanishdagi tezligini ta`minlaydi. Ko`pgina internet-provayderlar  TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag`lari tejaladi.

O`zbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilayotgan loyiha “EastTelecom” va  “Real Solutions” kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda. “EastTelecom” kompaniyasi loyihani amalga oshirish uchun internet kanalini taqdim etgan bo`lsa, “Real Solutions” kompaniyasi video strimingni tashkil etishda ko`mak berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!