Prezident Islom Karimov Yaponiyadagi nogironlar uyida sodir bo`lgan fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

12:20, 29 iyul

2016 yilning 28 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abega 26 iyulda Sagamihara shahridagi nogironlar uyida ko`plab insonlarning halok bo`lishiga olib kelgan fojiaviy hodisa munosabati bilan maktub yo`lladi.

Davlatimiz rahbari o`z maktubida samimiy ta`ziya izhor etib, qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda bildirdi.

Eslatib o`tamiz, Yaponiyadagi nogironlar uylaridan biriga 26 yoshli yigit hujum uyushtirib, 19 nafar nogiron insonning hayotiga nuqta qo`yib, 45 kishini jarohatladi.

Amalga oshirilgan mazkur hunrezlikni qotil jamiyatni keraksiz insonlardan tozalash maqsadida amalga oshirganligi bilan izohladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!