Shanxayning osmono`par binosida tashrif buyuruvchilar uchun to`siqsiz kuzatish maydonchasi ochildi

15:07, 29 iyul

Osiyoning eng baland osmono`par binolaridan biri bo`lmish Szin Mao 28 iyul kuni tashrif buyuruvchilar uchun atrofiga chegara va to`siqlar qo`yilmagan kuzatuv maydonchasini ochdi, deb xabar qildi “Tjournal.ru” nashri.

Szin Mao osmon o`par binosining balandligi 421 metrni tashkil etadi. Yuqori qavati 366 metr balandlikda, ochilgan kuzatuv maydoni esa sal pastroqda, 340- metrda joylashgan.  

Bu hududning atrofi o`ralmagani va hech qanday to`siqning yo`qligi bilan kishini hayratga soladi. Istagan odam oynali platforma chetiga borib, hatto undan pastga osilib turishi mumkin. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida tashrif buyuruvchilar maxsus troslar bilan bog`lanadi. Kuzatuv maydonchasiga bir vaqtning o`zida tomosha qilish uchun 15 kishiga ruxsat beriladi. Bir kishilik chiptaning narxi esa 58 dollardir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!