O`zini saratonga chalingan bemor deb aldab, pul yiqqan go`zallik malikasi qamoqqa olindi

16:51, 29 iyul

AQShning Miss Pennsylvania go`zallik tanlovi g`olibasi odamlarni aldab, o`zini saratonga chalingan bemor, deb ulardan xayriya puli yiqqanligi uchun ikki yildan to`rt yilgacha qamoq jazosiga tortiladigan bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Qiz firibgarlik orqali ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan 30 ming dollar pul yiqqan. 24 yoshli bu qizning ismi-sharifi Brendi Uiver-Geyts bo`lib, u bir yildan beri qamoqda o`tirganiga qaramay, sud endi qaror chiqardi. Qiz 2013 yilda xayriya uchun yiqqan pullarini qaytaradigan bo`ldi, unga 165 kishi yordam uchun pul yuborgan. 

Uiver-Geyts aybini tan olib, yaqinlarining e`tiborini tortish uchun bu voqeani o`ylab topganini bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!