1 avgust kuni uyali aloqa kompaniyalari vaqtincha qo`shimcha xizmatlarni amalga oshirmaydi

11:15, 30 iyul

O`zbekiston Respublikasi telekommunikasiya tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi sababli 1 avgust kuni soat 08.30-13.30 ga qadar uyali aloqa kompaniyalarining qo`shimcha xizmatlari (SMS, MMS, WAR va GPRS) ishi vaqtinchalik to`xtatiladi. 

Bu haqdagi xabarlar uyali aloqa kompaniyalarining rasmiy saytlarida tarqatildi.

Ko`rsatilgan vaqt mobaynida faqat ovoz qo`ng`iroqlari odatdagi rejimda ishlaydi.

Noqulayliklar uchun kompaniyalar o`z abonentlaridan uzr so`radi.

Eslatib o`tamiz, 1 avgust kuni Respublikamizning barcha oliy ta`lim muassasalarida kirish imtihonlari bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!