Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya shaharchasida yong`in sodir bo`ldi

11:21, 30 iyul

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya shaharchasining binolaridan birining tashrif buyuruvchilari  yong`in sababli evakuasiya qilindi. Globo telekanalining xabar berishicha, favqulodda hodisa Avstraliya terma jamoasi egallagan binoda yuz berdi.

Voqea joyiga ikkita o`t o`chirish brigadasi etib keldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hech kim jabrlanmagan.

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya shaharchasi rasman 24 iyul kuni ochildi, ammo shu kunning o`zida Avstraliya milliy olimpiya qo`mitasi vakillari bu erni yashash uchun yaroqsiz deb topdi. Shikoyatga javoban «Rio-2016» tashkiliy qo`mitasi 500 kishini tezkorlik bilan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yolladi. Avstraliya terma jamoasi rahbariyati shaharchada zarur sharoitlar yaratilmagani sababli sportchilarni mehmonxonalarga joyladi, ammo seshanba kuni kamchiliklar bartaraf etilgach ular Olimpiya shaharchasiga ko`chib o`tishdi.

XXXI yozgi Olimpiada 5 dan 21 avgustga qadar bo`lib o`tadi. Bu Janubiy Amerikada tashkil etilgan ilk Olimpiya o`yinlari bo`ladi. Paralimpiada 7 dan 18 sentyabrga qadar o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!