6 oyda avtotransport faoliyatini lisenziyalashdan 23,4 mlrd. so`mlik davlat boji undirildi

12:25, 30 iyul

29 iyul kuni O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agenligi yanvar-iyun oylari ish yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazdi.

Mazkur anjumanni Agentlik boshlig`i o`rinbosari Sh.Shovahobov olib borib, jurnalistlarga Agentlikning 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, ijobiy ko`rsatkichlar, bugungi kunda avtomobil va daryo transporti sohasida amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan yangi rejalar haqida ma`lumot berdi.

“Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to`g`risida”gi qaror chiqgunga qadar jismoniy shaxslarni o`z tarkibiga biriktirib faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar soni 314 tani tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilning 1 iyul xolatiga ularning soni 3032 taga etdi va 9,7 martaga ortdi, - deydi Agentlik boshlig`i o`rinbosari Sh.Shovahobov. - Agar, avtotransport sohasida lisenziyalashdan 2015 yilning I yarim yilligi mobaynida 19 mlrd. 79 mln. so`mlik davlat boji undirilgan bo`lsa, joriy yilning hisobot davri yakuni bilan jami 23 mlrd. 593 mln. so`mlik davlat boji undirildi, o`sish qariyib 23.7 foizni tashkil etdi.

O`tgan davrda avtotransport sohasiga tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan kiritilgan jami investisiya miqdori 72.4 mlrd. so`mdan ortganligi, hisobot davrida 23 ta yo`lovchi tashish yo`nalishlari tashkil etilib, ushbu yo`nalishlarda xizmat ko`rsatish uchun jami 163 ta, shu jumladan 40 ta avtobus va 123 ta “Damas” rusumli avtotransport vositalari biriktirilganligi, 2016 yilning 1-yarim yiligi davomida Agentlik va uning hududiy bo`limlari tomonidan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga 1734 ta lisenziya va 107552 ta lisenziya varaqalari berildi. Shunday qilib lisenziyalangan avtomobillar soni 93330 tani tashkil etdi. 

Matbuot anjumanida respublikamizning etakchi matbuot nashrlari, radio va teledasturlar muxbirlari, Toshkent shahar va viloyat hokimligining barcha yo`lovchilar tashish transportini lisenziyalash va muvoflashtirish departamentining xodimlari hamda Agentlik faoliyatining turli yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!