“Qora kun”ga deb pul yig`sa nima bo`ladi?

12:31, 30 iyul

Har bir odam hayoti davomida biror nima sotib olishni rejalashtirib, ammo pul topolmay qolish muammosiga bir marta bo`lsa ham duch keladi, deydi “Interesno.cc” nashri.

Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun kerakli miqdordagi pulni yig`ish lozim. O`zingizni qiynamagan, biror narsadan cheklamagan holda pul yig`ishingiz mumkin.

Hamyon

Pul yig`ishga qaror qilganingizdan keyin uni nimalarga sarflashingiz haqida o`ylang, shunda kerakli miqdordagi pulni tezda yig`ib qo`yasiz. 

Tug`ilgan yilingiz raqami bilan to`g`ri keladigan tanga yoki qog`oz pul raqami sizga moliyaviy omad keltiradi. Agar qo`lingizga bunday tanga yoki pul tushib qolsa, uni uyingizda saqlashga harakat qiling, chunki u boylik chaqiradi. Hamyoningizda faqatgina pulga bog`liq bo`lgan, cheklar, kredit kartalari, tangalar va qog`oz pullar bo`lsin. Hamyonda yaqinlaringizning suratlarini olib yurmang. Agar hamyonda surat saqlaydigan bo`lsangiz, u pul oqimini to`xtatib qo`yadi. 

Hech qachon pul yig`ishni boshlaganingizda “qora kunim”ga, “biror kunimga asqatar” deb niyat qilmang. Bu bilan kambag`allikni o`zingiz chaqirib olasiz.  

Pulni sarflash, iqtisod qilish mumkin, ammo uni og`ir kunlar uchun asrab qo`ymaslik kerak. Bu harakatlaringiz moliyaviy daromad kelishini to`xtatib qo`yadi. 

Bu holatda tortishish qonuni harakatga keladi. Faqatgina “qora kun” haqida o`ylayversangiz, u albatta o`zi bilan qashshoqlikni boshlab keladi. 

Pulni yaxshi kunlar uchun yaxshi niyatlar bilan yig`ing. Masalan, dengizda dam olish, farzandingizning tug`ilishi, to`yi uchun niyat qilib, pul to`plang.

Tasodifan ega bo`lgan puldan tezroq qutulishga harakat qiling. Chunki ular baxtsizlik keltiradi degan irim bor. Agar xayriya ishlari uchun pul sarflasangiz, moliyaviy daromadingiz oshadi.
 
“Har ehtimolga qarshi yig`ilgan sehrli pul”

Hayotda pulga qanchalik ahamiyat berishingizdan qat`i nazar, hozir o`tkazmoqchi bo`lgan tadbirimiz hammaga birdek yoqishiga ishonamiz. Uni o`tkazishdan oldin diqqatingizni bir joyga jamlab, chin dilingizdan uning natijasiga ishoning. Bu qo`li ochiq odamga ham, ortiqcha sarf-xarajat qiladigan odamga ham birday ta`sir qiladi.  

Qo`lingizga 27 ta dona, turlik raqamli tanga yoki qog`oz pullarni oling. Ular qancha miqdorni tashkil etishining ahamiyati yo`q. 

Uyingizning biror burchagidan joy topib, pullarni o`sha erga berkiting. Ularni paypoq ichiga solib shkafga olib qo`yishingiz yoki kitob orasiga, ko`rpaning tagiga, guldonning ichiga ham solib qo`yishingiz mumkin. Pulni yashirishdan oldin bitta tanga yoki qog`oz pulni olib, “Bu pullarni baxtli kunlarim uchun yig`yapman, faqatgina baxtli kunlarimda ishlatay!” deb ovoz chiqarib, niyat qiling. Keyin uni mo`ljallagan joyingizga yashirib qo`ying. 

Ertasi kuni pul turgan joyga yana bitta tanga yoki qog`iz pulni qo`shib, yana yuqoridagi niyatingizni takrorlang. 27 kun mobaynida bu odatni har kuni kanda qilmang. Qoidaga qat`iy bo`ysuning, biror kun unutib qoldirmang. “Sehrli pullar” kerakli miqdordagi pulni yig`ishingizda katta yordam beradi.

Bu tadbir sehrli kuchga ega bo`lib, uni amalga oshirsangiz uyingizdan farovonlik, to`kin-sochinlik, baraka arimaydi. Uning kuch-qudrati tadbirni amalga oshirish jarayonidagi kayfiyatingizga, yaxshi niyatlaringizga bog`liqdir. Tadbirdan keyin pul etishmovchiligi muammosini unutasiz, katta chiqimlar uchun pul zarur bo`lib qolish holatlari hayotingizni tark etib, uning o`rniga hayotingizga boylik va quvonch kirib keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!