Suriyada tug`ruqxona o`qqa tutildi

12:43, 30 iyul

Aviahujum oqibatida kamida ikki kishi qurbon bo`ldi, deya xabar beradi Euronews. Tug`ruqxona Idlib provinsiyasida joylashgan bo`lib, Save the Children xalqaro tashkiloti patronaji ostida faoliyat yuritadi. Uning vakillari ularning muassasalari bilan bunday hodisa ilk bor sodir bo`layotganini ma`lum qilishdi.

Abdulkarim Ekzayez, “Save the Children” tashkiloti koordinatori:

Bizning hamkorlar gospital joylashgan shaharga ettita hujum uyushtirilganini ma`lum qilishdi. Shundan uchtasi kasalxona joylashgan tumanga, bittasi kasalxonaning o`ziga. Oqibatda tug`ruqdagi ayolini kutayotgan ikki kishi o`ldirildi”.

Londondagi inson huquqlari bo`yicha Suriya observatoriyasida zarba ayolini tug`ruqqa olib borgan jangariga yo`naltirilganini ma`lum qilishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!