Zlatan Ibragimovichga “MYu”dagi ilk golini kiritish uchun atigi 4 daqiqa kerak bo`ldi (Video)

11:32, 31 iyul

“Manchester Yunayted” jamoasi navbatdagi o`rtoqlik o`yinida Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qarshi bahs yuritdi va 5:2 hisobida g`alaba qozondi.

O`yinning 4 daqiqasidayoq “MYu”ning yangi a`zosi Zlatan Ibragimovich ajoyib tarzda gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Shvesiyalik futbolchi jamoadoshi tomonidan uzatilgan to`pga qaychi uslubida zarba berib, chiroyli gol kiritdi.

Quyida 34 yoshli forvardning golini tomosha qilishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!