Benzema ham Ronaldu kabi UEFA Superkubogida ishtirok etmaydi

09:53, 01 avgust 2016

"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema "Sevilya"ga qarshi UEFA Superkubogi bahsini o`tkazib yuboradi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, fransiyalik futbolchi belidan jarohat olgan va Superkubok o`yinigacha undan forig` bo`lolmaydi. Mazkur bellashuv 9 avgust kuni Norvegiyada bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur o`yinda madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham maydonga tusha olmaydi. Bu haqda portugaliyalik futbolchi o`zi ma`lum qilgan edi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!