Lift buzilib qolib, Tramp majlisga kech qoldi

11:18, 01 avgust

Respublikachilar tomonidan AQSh prezidentiligiga nomzodi ko`rsatilgan Donald Tramp Kolorado shtatidagi Kolorado Springs shahridagi mehmonxonalardan biridagi lift buzilib, ichida qolib ketganligi tufayli nutq so`zlashi lozim bo`lgan majlisga kech qoldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

The Mining Exchange A Wyndham Grand Hotel & Spa mehmonxonasidagi liftda milliarderdan tashqari yana to`qqiz kishi bo`lgan. Shahar yong`in xavfsizlik xizmati xodimlari ularni lift shiftidagi lyuk orqali narvon bilan chiqarib olgan. Hech kim jabrlanmagan.

The Denver Post nashrining ma`lumot berishicha, Tramp liftda 30 daqiqadan ortiq qolib ketgan va nutq so`zlashi lozim bo`lgan majlisga kech qolgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!