Yigitali Mamajonov: “Rayhon oilamiz tiklanishini xohlayotgandir, ammo men...”

11:29, 01 avgust

Aktyor Yigitali Mamajonov va xonanda Rayhon G`anievalarning oilasi atrofidagi mish-mishlar haligacha tingani yo`q. Muxlislar aktyor va xonanda o`rtasidagi munosabatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilmoqda. 

“Daryo” nashri Yigitali Mamajonov bilan intervyu uyushtirdi va aktyorning shaxsiy hayoti borasidagi ayrim savollarga javob oldi

“San`atga qanday qilib kirib kelgansiz, degan qolip savol bor. So`nggi vaqtlarda eng jonga tekkan savol: ‘Nimaga ajrashib ketdingiz?’. Birinchidan, bu shaxsiy hayot. Ba`zilar: ‘Biz muxlismiz, mashhurlarning shaxsiy hayotini bilishga haqqimiz bor’, deyishadi. Yo`q, haqingiz yo`q — bu shaxsiy hayot. Siz san`atga qanday kirib kelganimizni, ijodimizni bilishingiz, buni tanqid qilishingiz mumkin. Muxlislarning hayotimizga aralashishlarining iloji ham, haq-huquqlari ham yo`q, shunday ekan, shaxsiy hayotimiz haqida ham bilishlariga haqlari yo`q”,— deydi aktyor jurnalistlar tomonidan beriladigan, unga yoqmaydigan savol haqida gapirar ekan.

Aktyor Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savolga esa quyidagicha javob berdi: 

“Bilasizmi, men biror insonga nisbatan gina saqlab yurmayman, yaxshi muomala qilaman, yomon muomalada bo`la olmayman. Balki, Rayhon oilamiz saqlanib qolishini, tiklanishini juda xohlayotgandir, ammo men xohlamayapman. Chunki buning o`ziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, Siz daraxt ekib kelayapsiz-da, kimdir boshqa tomondan kelib, uni yulib ketaversa, qanday qilib bog` barpo bo`lishi mumkin? Yoki Siz daraxt ekayapsiz, kimdir unga suv quyib turmasa, hatto harakat ham qilmasa, u bog` ko`karmaydi, yashnamaydi. Bunday bog` yaratgandan, yaratmagan yaxshiroq, deb o`ylab qoldim”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!