Braziliyada Olimpiada o`yinlari oldidan jinoyatlar soni oshib ketdi

11:36, 01 avgust

Braziliyada Olimpiada o`yinlari oldidan jinoyatchilik soni keskin oshib ketgan, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri.

Shu munosabat bilan mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Mishel Temer Riu-Grandi-du Norti shtatiga harbiy qo`shinlarni olib kirishga majbur bo`ldi.

Temerning bunday qarorga kelishiga, shtat gubernatori Robinzon Farining hukumat rahbariga shtatning bir necha shahriga jinoyatchilar bostirib kirgani haqidagi murojaati sabab bo`lgan. Olimpiada o`yinlari vaqtida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida shtatga 500 nafar harbiy kiritilgan. Ularning soni oshirilishi ko`zda tutilgan.

So`nggi haftada jinoyatchilar tomonidan 54 ta avtobusga va davlat muassasalariga hujum uyushtirilgan, Natal shahridagi avtoturargohda mashina portlatilgan, Olimpiyachilar yashash joyida o`g`irliklar sodir etilgan.

Braziliyada yozgi Olimpiya o`yinlari 2016 yilning 5 avgustidan 21 avgustiga qadar davom etadi. Futbol turniri mamlakatning Belu-Orizonti, Brazilia, Manause, Salvador va San-Paulu shaharlarida bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!