Xonanda Lola hammadan kechirim so`radi

11:39, 01 avgust

Xonanda Lola o`zining ijtimoiy tarmoqlarlardagi sahifalarida barchani kechirimli bo`lishga undadi.

“Kechirish-bu ozod bo`lish. Gina-araz esa sizdan boshqa kimdir zaharlanishiga  umid qilib ichilayotgan zahardir. 

Bugun men barcha yaqinlarim, do`stlarim, qarindoshlarim va hattoki begonalardan ham kechirim so`rayman.  Balki, so`zlarim yoki xatti-harakatlarim bilan dilingizni og`ritgandirman. Balki mening sukutim ham ko`nglingizga og`ir botgandir... 

Ba`zan atrofingda sendan xafa bo`lgan, sendan og`ingan qalb sohibi borligidan bexabar tarzda yashayverasan...

Hammamiz xato qilamiz, kimnidir xafa qilib qo`yamiz. Keling, kechirimli bo`lishni o`rganamiz...”,—deb yozdi xonanda. 

Eslatib o`tamiz, Lola 7 avgust kuni Moskva shahrida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Shuningdek, bugun 1 avgust kuni radiokanallar orqali xonandaning yangi “Xabar ol” deb nomlangan qo`shig`i premerasi bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!