O`zbekistonlik hakamlar UEFAning o`quv-seminarda ishtirok etadi

14:34, 01 avgust

Shu yilning 20–27 oktyabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida UEFAning Hakamlik mahoratini oshirish markazi tomonidan “Hakamlikni rivojlantirish dasturi” doirasida o`quv-seminari tashkil etiladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

Mazkur o`quv-seminarda o`zbekistonlik hakamlardan Nayim Qosimov va uning assistentlari Sanjar Shoyusupov hamda Obid Jumaev, shuningdek, Vladislav Seytlin hakamlar instruktori sifatida qatnashadi.

“Hakamlikni rivojlantirish dasturi” doirasidagi o`quv-seminarni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad – kelajakda FIFA referisi sifatida etishib chiqishga salohiyati bo`lgan hakamlarning futbol haqida umumiy bilimi, hakamlik mahorati hamda kompyuter savodxonligini oshirishdan iborat.

Mazkur o`quv-seminar yakunida qatnashchilar Intermittent Recovery Test Level 1 testini ishlaydi hamda ingliz tilidagi futbol qonun-qoidalari haqidagi savollarga javob berishadi. Olingan bilim va ko`nikmalarni amalda sinash uchun hakamlar brigadasi Fransiya yoki Shveysariya futbol ligasidagi rasmiy uchrashuvlardan birida ishlaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!