Lola: “Hayotingizni o`zgartirishni soch turmagidan boshlang”

16:56, 01 avgust

Xonanda Lola imidjini o`zgartirdi. Aniqrog`i, xonanda uzun sochlari bilan xayrlashdi. Bu haqda Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:

“Aytishlaricha, hayotini o`zgartirishni istagan inson bu ishni soch turmagidan boshlashi kerak ekan. Buni siz ham o`zingizda sinab ko`ring! Hech narsadan, hech qachon qo`rqmang. O`zgarishlar har doim yaxshilikka bo`ladi. Hayotni yanada jur`atliroq yashab o`tishga ikkinchi imkon bo`lmaydi, axir. O`ylanib qoldingizmi? Amalga oshiring! Men sizga ishonaman!”.
 
Eslatib o`tamiz, avvalroq xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali barchani kechirimli bo`lishga chorlagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!