Rim papasi Messini Maradona va Peledan ustun qo`ydi

17:08, 01 avgust

Rim papasi Fransisk “Barselona” hujumchisi Lionel Messini yaqin o`tmishning afsonalari Diego Maradona va Peledan ustunroq qo`ydi.

“Men uchun Messi Maradona va Peledan kuchliroq”, – dedi Rim papasi.

Ma`lumot uchun, 80 yoshli Rim papasi Argentinaning “San-Lorenso” klubiga muxlislik qiladi. Messi ham argentinalik ekanini alohida ta`kidlash lozim. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!