Tug`ruqxonadan bola asrab olish mumkinmi?

10:26, 02 avgust

“Farzand asrab olmoqchimiz. Tug`uruqxonadan farzand asrab olsa bo`ladimi? Buning uchun kimga murojaat qilishimiz lozim”

Botirovlar oilasi, Navoiy sh.

D.KENJAEV, O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vaziri o`rinbosari:

— Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan “Go`daklar uylari to`g`risida”gi Nizomga muvofiq, ota-ona yoki boshqa shaxslar tomonidan tug`uruqxona yoxud boshqa tibbiyot muassasasida qoldirilgan go`daklar shu muassasa rahbariyati, huquqshunosi, hudud ichki ishlar organi xodimi hamda mahalliy vasiylik organi vakili ishtirokida bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Go`daklar uyiga topshiriladi. Tug`uruqxona yoki boshqa turdagi tibbiyot muassasalaridan to`g`ridan-to`g`ri farzand asrab olish mumkin emas. Farzand asrab olish istagidagi shaxslarni ro`yxatga olish Xalq ta`limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda fuqaroning shaxsan ishtirok etishi, farzand asrab olish qoidalari bilan tanishishi muhim ahamiyatga ega.           Shuningdek, “O`rta maxsus ma`lumotlilarga ustama berilmaydimi?”, “Muddati o`tgan pasportning jarimasi qancha?”, “Erdan foydalanmay soliq to`lash to`g`rimi?” kabi savolllarga “Darakchi” gazetasining 4 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida javob topishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!