Rayhon: “Qizimga atalgan ismni jiyanimga qo`ydim”

11:21, 02 avgust

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etdi. 

Xabaringiz bor, Rayhon yaqinda xola bo`ldi. Xonandaning singlisi Nasiba qiz farzandni dunyoga keltirdi. Rayhon xola bo`lishning gashti haqida shunday deydi:  

“Xola bo`lishning o`ziga yarasha zavqi va quvonchi bo`lar ekan. Xola bo`lgan kunimni eslasam, hali-hamon hayajonga to`laman. Jiyanimga ism tanlashda qiynalmadik. Chunki, men homilador paytimda “UTT” tekshiruvi egizaklarimning biri o`g`il, biri qiz bo`lishini ko`rsatgandi. O`shanda farzandlarimga Islom va Latifa deya ism beraman deya niyat qilgandim. Ammo keyingi tekshiruvlarda egizaklarim o`g`il bo`lishini bilgach, rejalarimiz o`zgarib ketdi. Qarangki, baribir niyatimiz xolis ekan, singlimning qiziga Latifa deya ism berdik”.

Loyihaning to`liq talqini bilan “Darakchi” gazetasining 4 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida tanishishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!