O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o`rinbosari tayinlandi

12:19, 02 avgust

Qahramon Quranboev O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Uchildiz.uz» saytiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.
  
Qahramon Qo`chqorovich Quranboev 1992 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni, 2004 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, siyosatshunoslik fanlari doktori.

Qahramon Quranboev 2015 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta`lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining Yoshlar siyosati va ma`naviy rivojlanish sho``basi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.

2013—2015 yillarda Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi rahbari lavozimida ishlagan. 2012—2013 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori, 2009—2012 yillarda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha prorektori, 1997—2008 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!