Britaniyalik er-xotin qadimiy stuldan olmos taqinchoqlar topdi

12:26, 02 avgust

Britaniyalik er-xotin Anjela va Engus Milner-Braunlar qadimiy stuldan olmos taqinchoqlar topishdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Taqinchoqlar bilan birga stulning narxi bundan 10 yil ilgari auksionda £5 mingga baholanganda, Saut-Lanarkshirlik er-xotin uni sotib olgan. Ammo stulning ustini almashtirib, ta`mirlatishga pullari bo`lmaganligi sababli, u chordoqda 6 yil davomida qolib ketgan.

Uni chordoqdan ta`mirlash uchun olib tushgandan keyin Milner-Braun  tez-tez rafiqasiga olmos taqinchoqlar sovg`a qiladigan bo`ldi. To`ylari bo`lgan kunga eridan sovg`aga uzuk olgan bo`lsa, sevishganlar kuniga bir juft sirg`a olgan.

Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, stulga olmos taqinchoqlar berkitilgan ekan. Ularni topib olgan er, rafiqasini hayratga solish uchun bu voqeani yashirgan va unga qimmatbaho sovg`alar hadya qilishni boshlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!