Rossiyalik kelin-kuyov nikohdan o`tish uchun baydarka qayig`ida suzib keldi

15:46, 02 avgust

Dengiz va daryolardagi ekstremal sayohatlarni xush ko`ruvchi kelin-kuyov Rossiyaning Baykal FHDYo siga baydarka qayig`ida suzib kelishga qaror qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Kuyov Grigoriy Lapshinning so`zlariga qaraganda, kelin Olga Mariya bilan sayohatda tanishgan, bir-birini yoqtirib qolgan yoshlar, nihoyat turmush qurishga ahd qilishadi. 

“Listvyankada FHDYo borligini bilganimizdan keyin u erga mashinada emas, baydarka qayig`ida suzib borishni niyat qildik”, deydi kuyov Grigoriy Lapshin. Kelin-kuyov  bu sayohatlarini “Baykal nikoh uzugi” deb atadi. FHDYo ma`muriyati ham kelin-kuyovning niyatini qo`llab-quvvatladi.

Juftlik qayiqni qutqaruv jiletlarining rangiga mos rangdagi gullar bilan bezagan.

“Unutishni, bir umr yodda saqlashni istagan buyumlaring sariq yoki to`q saring rangda bo`lishi lozim, chunki bu quvnoqlik, xursandchilik rangidir”, deydi kelin-kuyov. Ular to`y sayohatini suvda o`tkazishga qaror qilishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!