Evro–2016 turnirining eng qariya futbolchisi faoliyatini tugatdi

09:54, 03 avgust

Vengriya terma jamoasi darvozaboni Gabor Kiray xalqaro maydondagi faoliyatiga nuqta qo`ydi. Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.  

Vengriyaning “Xaladash” klubida to`p surayotgan 40 yoshli posbon mamlakat termasida qaytib o`ynamasligini shaxsan o`zi ma`lum qildi. Kiray 1998 yilda Vengriya termasida o`z debyutini o`tkazgan edi. 18 yil mobaynida u 107 ta o`yinda maydonga tushib, mamlakat termasi safida rekord o`rnatdi.

Evro–2016 turnirida Gabor Kiray musobaqa tarixidagi eng yoshi katta futbolchi sifatida qayd etildi. Uning xatti-harakatlari va sardorligi ostida Vengriya Evropa chempionatida nimchorak finalga qadar etib borgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!