“Ummon” guruhi vakili Shohrux uylanmoqda

10:52, 03 avgust

“Ummon” guruhining uch a`zosidan biri Shohrux uylanmoqda. Bu haqda guruh ma`muri Doniyor Alimuhamedovning so`zlariga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda
 
“Ha, Shohrux uylanayotgani haqidagi gap-so`zlar rost. Uning nikoh to`yi 15 avgust kuni bo`lib o`tadi”, — dedi guruh ma`muri.

“Shohrux o`zi sevgan, uch yildan buyon ahdu-paymon qilib yurgan qiziga uylanmoqda. U qiz hozircha abiturient, shu yil o`qishga kirish uchun imtihon topshirdi”, — deya qo`shimcha qildi Alimuhamedov.

2015 yil sentyabrida “Ummon”guruhi a`zosi Jasur Rapiqov uylangan edi. Guruhning yana bir a`zosi Zohid esa hali bo`ydoq.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!