Chekishni tashlashda ko`mak beradigan tavsiyalar

13:25, 03 avgust

Siz chekishni tashlamoqchisiz, ammo cira buni uddasidan chiqa olmayapsiz. Unda sizga xalq tabobati yordam berishi mumkin. Dunyoda har 6 soniyada bir   kishi tamaki chekishdan ko`z yumadi! Tamaki chekishni tashlashga ahd qilganingiz bilan tabriklaymiz! Bu qaror qattiq va mustahkam bo`lishi kerak! Xalq tabobati esa bu og`ir masalada yordam beradi.

Birinchi kun
Tamaki chekishni tashlagan birinchi kunni o`zingizga yoqadigan qilishingiz darkor. Kunni quvnoq va bayramona o`tkazing,o`rtoqlaringiz bilan sayrga chiqing shunda bu kun qanday kechganini sezmay qolasiz. Agar chekish xoxishi paydo bo`lsa, saqich chaynang yoki meva sabzavotlardan eng, meva sharbati ichish yaxshi naf beradi. Agar chekish xoxishi kuchli bo`lsa, jismoniy tarbiya bilan shug`ullaning, yuguring, gimnastika mashqlarini bajaring.

Nikotinga qarshi choy
Nikotinga qarshi maxsus choy tayyorlab ichishni tavsiya qilamiz. Bu choyni tayerlash uchun 1 osh qoshiq qora seylon yoki hind choyini 200 gramm qaynagan suvda damlaymiz. Ezilagan sachratqi ildizlari, valeriana, qichitqi o`t barglari, yalpizdan yarim  choy qoshiq choyga qo`shib, bir soat tindiriladi. Kuniga 2-3 piyoladan ichiladi.Ushbu choyni ta`sirini kuchaytirish uchun unga qo`shimcha qo`shish ham mumkin. Ya`ni, bir osh qoshiq maydalangan xom lavlagiga bir choy qoshiq asal va bir dona limon sharbatini qo`shib, choyga aralashtirib ichiladi.        

Chekishni tashlash uchun:
Suli donalaridan 2 osh qoshiq olib maydalab, 100gramm qaynagan suvga solib 5 daqiqa past olovda qaynatiladi va 1 soat tindiriladi. Ushbu   damlamadan  1 oy davomida bir kunda 3 marta ovqatdan oldin 30grammdan ichib yurish tavsiya etiladi. 

Chekishni tashlashning yana bir yo`li: bir oy davomida, ertalab va kechqurun nonga 1 choy qoshiq baliq moyi surib eyish kerak.

Og`izni chayish
Ichimlik sodasidan 1 osh qoshig`ini 100gramm suvga solib, ushbu aralashma bilan og`izni chaying. Bu aralashmadan ichish ham yaxshi natija beradi.

Lekin, bu usul oshqozon-ichak kasalliklari bilan og`riganlarga tavsiya etilmaydi.

Eng qiyin kunlarda ya`ni, chekishni tashlashning birinchi,ikkinchi va uchunchi kunlarda  dudlangan, tuzlama, go`sht va alkogol ichimliklarini iste`mol qilmang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!