Sloveniyada ikki futbolchi dahshatli avtohalokat oqibatida halok bo`ldi

15:20, 03 avgust

Sloveniyaning “Maribor” klubining ikki nafar a`zosi avtohalokatda halok bo`ldi, yana ikki nafari jarohtat oldi. Bu haqda 101GreatGoals portali xabar bermoqda.  

Manbaning ta`kidlashicha, ichida 4 nafar futbolchi bo`lgan mashina katta tezlikda ustunga borib urilgan. Natijada 21 yoshli serbiyalik hujumchi Zoran Balyak va 20 yoshli sloveniyalik himoyachi Damyan Maryanovich voqea joyida halok bo`ldi. Mashina tiklanib bo`lmas holatga kelgan.

20 yoshli serbiyalik darvozabon Lyubomir Moravsa avtohalokat tufayli og`ir jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi. Avtomobil ichida bo`lgan sloveniyalik himoyachi Ziga Lipushek engil jarohat bilan qutilib qolgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!