Polisiya obrazidagi Ronaldu odamlarni kalaka qildi (Video)

09:29, 04 avgust

Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu polisiyachi obraziga kirib, odamlarni kalaka qildi. Voqea haqida Lenta.ru xabar berdi.

31 yoshli futbolchi lift oldida odamlar kelishini kutib turgandi. Lift eshigi ochilgach, u fonusni odamlarga qaratib, “Polisiya!” deya baqirdi. Lift ichidagi kishilardan biri qo`rqqanidan qo`lini ham ko`tardi.

Ronaldu voqea tushirilgan videoni Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joyladi. Bir kun ichida ushbu videoga 3,5 million foydalanuvchi “Layk” bosdi. Siz ham ushbu videoni ko`rishingiz mumkin. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!