London markazida pichoq bilan qurollangan erkak yo`lovchilarga hujum qildi

10:03, 04 avgust

London markazida noma`lum erkak yo`olovchilarga pichoq bilan hujum qildi. Oqibatda bir ayol vafot etgan, 6 kishi tan jarohati olgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Voqea Londonning Blumsberi tumanidagi Rassel-skver maydonida mahalliy vaqt bilan soat 10.00 da ro`y bergan. Og`ir tan jarohati olgan ayolga voqea joyida tibbiy yordam ko`rsatilganiga qaramay, vafot etgan. Jinoyatchi qo`lga olingan, polisiyachilar uni ushlashda elektroshokerdan foydalangan. Polisiyachilar buni terakt deb taxmin qilishmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!