33 nafar amerikalik harbiylar Zika virusini yuqtirdi

10:25, 04 avgust

Chet elda xizmat qilayotgan 33 nafar amerikalik harbiylar Zika virusini yuqtirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Zika virusini yuqtirgan harbiylardan biri homilador ayoldir, undan tashqari amerikalik harbiylarning 6 nafar oila a`zosi ham kasallikni yuqtirgan. Pentagon ulardan nechtasi sog`ayib ketgani va qaysi biriga AQShga qaytishga ruxsat berilgani haqida ma`lumot berishdan bosh tortgan.

Hukumat buyrug`iga ko`ra, Zika kasalligi aniqlangan mamlakat hududidan harbiy ayollarga chiqib ketishga ruxsat berilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!