“Mening Toshkentim” myuziklining yangi versiyasida Soso Pavliashvili ishtirok etadi

10:34, 04 avgust

24 sentyabr kuni «Istiqlol» san`at saroyida «Mening Toshkentim» myuziklining bayramona talqini premerasi bo`lib o`tadi. Tashkilotchilar ma`lum qilishicha, oilaviy musiqiy-teatr tomoshasi O`zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda

«Mening Toshkentim» myuzikli premerasi Toshkentda 13—14 may kunlari bo`lib o`tgan edi. O`shandayoq myuzikl yaratuvchilari navbatdagi postanovkani tayyorlayotgani ma`lum bo`lgandi.

«Postanovkamizga — aktyorlar, ovoz, sahna bezaklari, xoreografiyaga yanada kattaroq ko`lamda yondashdik. Bizda yaxshi myuziklni yanada yaxshiroq qilish imkoniyati bor», — deya yangilangan loyihaga izoh berdi postanovkachi rejissyorlar Hasan va Husan Solihovlar.

Shuningdek, myuziklda qo`shimcha personajlar paydo bo`ladi. Ulardan biri gruziyalik va rossiyalik qo`shiqchi va aktyor Soso Pavliashvili bo`ladi. Myuzikl yaratuvchilari tafsilotlarni oldindan oshkor qilmayapti, ammo Pavliashvili o`z-o`zini gavdalantirishi hozirdan ma`lum.

Mahallaning boshqa fuqarolari rolini Asal Shodieva, Shadisha, Adiz Rajabov, Jasur Mirsoatov, Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxayirov, Komila Zokirova, Akbar Otamuhamedov kabilar ijro etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!