Yulduz Turdieva: “Oilamni yo`qotishdan qo`rqaman”

10:50, 04 avgust

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Turdieva “Bekajon” gazetasining “Adashlar” loyihasida ishtirok etdi. 

“Turmush o`rtog`ingizning talabi bilan ismingizni o`zgartirgan bo`larmidingiz?” degan savolga u quyidagicha javob berdi: 

“Agar turmush o`rtog`imning talabi ortida oilam masalasi turadigan bo`lsa, albatta o`zgartirardim. Chunki san`atimni oilamdan ustun qo`ymayman.Bunday vaziyatda erishganlarim ham ismimning qandayligi ham men uchun ahamiyatsiz bo`ladi.faqat oilamni yo`qotishdan qo`rqaman, xolos. Aslida onam ismimni Laziza opamning ismiga moslab, Aziza deb qo`ymoqchi bo`lgan. Biroq so`nggi daqiqalarda otam Yulduz deb ism qo`ygan ekan”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!